Akademik mobillik dasturi
BoshqaDavlat: Ispaniya
Universitet: University of León
Muddati: 15 kundan 3 oygacha
Moliyalashtirish: Erasmus+ yoki o'z hisobidan
Ariza topshirish muddati: 30.07.2030
Ispaniya Leon universiteti bilan talabalar almashinuvi dasturi Namangan davlat universiteti Ispaniyaning Leon universiteti (Universidad de León) bilan xalqaro hamkorlik doirasida Ramka (Framework) shartnomasi va unga asoslangan Talabalar almashinuvi bo'yicha maxsus shartnoma imzoladi (imzolangan sana: 31.07.2026, muddati — 4 yil, kelishuv asosida yana 4 yilga uzaytirilishi mumkin). Hamkorlik yo'nalishlari: Professor-o'qituvchilar almashinuvi Talabalar almashinuvi Xodimlar almashinuvi Qo'shma ilmiy-tadqiqot faoliyati Seminar va ilmiy uchrashuvlarda ishtirok Qisqa muddatli va maxsus akademik dasturlar Ilmiy, texnologik va pedagogik ma'lumot hamda hujjatlar almashinuvi Talabalar almashinuvi shartlari: Har o'quv yilida ikki tomon o'rtasida maksimal 3 nafar talaba almashinuvi (agar mobillik faqat bir semestrga bo'lsa — 6 nafargacha) Almashinuv muddati: bir semestr (yoki unga teng 4 oylik davr) yoki to'liq o'quv yili, lekin 1 o'quv yilidan (2 semestrdan) oshmasligi kerak Talabalar tanlovi sifat, akademik va til bilimi mezonlariga asoslanadi Ona tili ispan tili bo'lmagan talabalar uchun ispan tilidan kamida B1 darajasi (DELE, SICELE yoki ACLES sertifikatlari asosida) talab qilinadi Talaba o'qish to'lovlarini o'z universitetiga to'laydi, boshqa (yashash, sog'liqni saqlash, transport va h.k.) xarajatlarni o'zi qoplaydi Barcha almashinuv talabalari xalqaro tibbiy sug'urta, baxtsiz hodisalardan sug'urta va vatanga qaytarish sug'urtasiga ega bo'lishi shart Viza rasmiylashtirish talabaning o'z mas'uliyati hisoblanadi Aloqa (Leon universiteti tomonidan): Xalqarolashtirish va Global Hamkorlik bo'yicha prorektor 📍 Campus de Vegazana, s/n, 24071 – León (Spain) ☎ +34 987 29 1624 ✉ vice.internacionales@unileon.es Aloqa (Namangan davlat universiteti tomonidan): Xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor 📍 Boburshox ko'chasi, 161, Namangan, O'zbekiston ☎ +998 69 210 0240 ✉ international@namdu.uz
Rasmiy sahifa Orqaga