🎓 MAGISTRATURAGA QO‘SHMA TA’LIM DASTURI ASOSIDA QABUL DAVOM ETMOQDA!
Hurmatli talabgorlar va magistraturada tahsil olish istagida bo‘lganlar!
Namangan davlat universiteti hamda M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida magistraturada tahsil olish istagida bo‘lgan talabgorlarni hujjat topshirishga taklif qilamiz.
📅 Hujjatlarni topshirish muddati:
21–24-avgust, soat 16:00 gacha
📍 Manzil: Namangan davlat universiteti, Yuksalishdagi bino, Xalqaro bo‘lim
Talabgorlardan barcha talab etiladigan hujjatlar bilan belgilangan muddatda Xalqaro bo‘limga murojaat qilishlari so‘raladi.
📑 Hujjatlar Xalqaro bo‘lim xodimlari tomonidan tekshiriladi.
Kerakli xujjatlar:
- Pasport (xorijga chiqish pasporti) — notarial tarjimasi bilan
- Bakalavr diplomi va baholar ilovasi — asl nusxasi, notarial tarjimasi bilan
- 075-U(086) shakldagi tibbiy ma’lumotnoma
- 3×4 hajmdagi fotosurat — 2 dona
Shuningdek:
📌 25-avgust kuni hujjatlarni M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetiga topshirish uchun borish;
📌 26-avgust kuni mazkur universitet vakillari bilan suhbatdan o‘tish rejalashtirilgan.
ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumotlar Xalqaro bo‘lim xodimlari tomonidan taqdim etiladi.
📞 Murojaat uchun: +998 (69) 210 02 27
📲 Telegram: @NamDu_SOP
🎓 Namangan davlat universiteti — sifatli ta’lim, xalqaro imkoniyatlar va yorqin kelajak sari!