Hamkor haqida
Ushbu Memorandum of Understanding (MOU) Namangan davlat universiteti va Sulton Idris taʼlim universiteti (UPSI) oʻrtasida taʼlim, ilmiy-tadqiqot faoliyati, akademik almashinuv hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida imzolangan. Memorandum professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar hamda xalqaro taʼlim va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun asos yaratadi.